Bir / ikki devor qoplamasi qatlami uchun koʻrsatkichlar:
Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:
* Rasmda pozitsiya aks etmagan.
** Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.
( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 683 komplekt tizimi – AKVAPANEL®Ichki plitalari asosida metall karkasda bir yoki ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 683 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Har xil turdagi binolarda ham qayta tiklash, ham yangi qurilish ishlarida yuk koʻtaruvchi devorlarni pardozlash, shu bilan birga xonaning namlikka chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi.
Devor qoplamasining sirti galdagi pardozlash, masalan plita bilan qoplash yoki boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish yoki dekorativ suvoq bilan bezatishga moʻljallangan.
Qiyshiq chiziqlarni hosil qilish imkoni mavjud.
Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Tavsiyalar
Pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C darajadan past boʻlmasligi kerak.