Komplekt tizimining tarkibi – 1 m² uchun soni:
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 631.1 komplekt tizimi – tayanch devorga mahkamlangan poʻlat karkasda ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.
Devor qoplamasining asosiy tarkibiy elementlari:
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
Plitalar pardevor, devor qoplamalari, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) yongʻindan himoyalovchi berkitmalarida va evakuatsiya yoʻlkalaridagi osma shiftlarda, har xil maqsad, qavatlilik va sigʻimlilikka ega turli binolarning zal xonalarida, shuningdek yongʻin xavfsizligiga oid talablarga binoan KM0 yongʻin xavfi sinfidagi yonmaydigan qurilish materiallari ishlatiladigan boshqa qurilish inshootlarida karkas-qoplama konstruksiyalarda olovbardosh qoplama materiali sifatida qoʻllanadi. Talab maʼlumotlari jadvalda keltirilgan. 2003-Yilning 22-iyulida qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining N 123-F3-sonli «Yongʻin xavfsizligiga oid talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament» nomli Nizomining 28 va 29-ilovalari.
KNAUF-Fayerbord – bu texnik xonalarni, ayniqsa alangalanish xavfi mavjud joylarni: qozonxona, ustaxona, garaj, dudburon oʻrinlari va boshqalarni pardozlash uchun optimal yechim. Bu materialdan yasalgan devorlar yongʻinni bitta xonada tutish va alangani tashqariga chiqarmaslikka xizmat qiladi.
Yevropa KNAUF-Fayerbord uzoq yillardan buyon ishlatiladi. Uni ofis va savdo markazlaridagi zaxira chiqishlarida, yaʼni evakuatsiya yoʻllari oʻtuvchi joylarda keng qoʻllashadi. Bundan tashqari, uni mavjud devor konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qoʻshimcha yonmas qoplama sifatida ham ishlatish mumkin.