Komplekt tizim tarkibi – 1 m2 uchun soni:
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 611 komplekt tizimi devorlarni yelim bilan qoplash uchun maxsus saralangan materiallarning toʻliq toʻplamidan iborat.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 611 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Har xil turdagi xonalarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Xona tomonidan tashqi devorlarni isitish talab etilsa, devor qoplamasining konstruksiyasida issiqlikni izolyatsiyalovchi material koʻzda tutilishi kerak.
Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak.