*Profillar oʻlchami va qadamiga qarab.
Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 625 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib qoplangan va devordan uzilgan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallar majmuasidir.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 625 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
S 625 tizimi quruq va normal namlik rejimiga ega barcha toifadagi (A, B va V) turar-joy, fuqaro va sanoat binolaridagi har xil xonalarda, xususan rekonstruksiya va yangi bino qurilishida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Devor qoplamasining yuzasini kelgusida bezakli pardozlash, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish va boshqalar bilan qoplash mumkin.
Montaj ishlarining tartibi:
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak.
Uzluksiz devor qoplamalarida deformatsion choklarning oʻrnini 10-15 sm interval bilan koʻzda tutish zarur.