* Karkas profillari o`lchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda.
Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:
* Rasmda pozitsiya aks etmagan.
** Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.
( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.
[ ] Qavslarda pardevor balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan.
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 116 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tezrda tanlangan materiallar majmuasidir.
Gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi.
Pardevorning asosiy qurilish elementlari:
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 116 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Barcha olovbardoshlilik darajalaridagi va istalgan hududlarda, xususan seysmik joylardan quriladigan turar-joy, fuqaro va sanoat binolarida SNiP 23-02-2003 bo’yicha quruq va normal rejimdagi xonalarda yengil ichki to’suvchi konstruksiya sifatida ishlatish tavsiya etiladi.
Konstruksiya yuqori mustahkamlik sifatlari va olovbardoshlilik koʻrsatkichlariga ega boʻlishi bilan birga, suv, issiqlik va kanalizatsiya kommunikatsiyalarini, shuningdek, jihozlarni koʻzga koʻrinmaydigan qilib oʻrnatish imkonini beradi.
Ham rekonstruksiya, ham yangi qurilishda qoʻllanadi.
Issiqlik, tovush va yongʻinga qarshi izolyatsiya talablari mavjud boʻlganda, gipskarton qoplamalar orasidagi pardevor boʻshligʻi mineral toladan iborat izolyatsiyalovchi material bilan toʻldiriladi.
Sirti keyinchalik yakuniy pardozlash, masalan, gulqog`oz yopishtirish, boʻyash, plita bilan qoplash va boshqalar uchun moʻljallangan.
Montaj jarayoni quyidagi ish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak.
Elektr simlari shift karkasi fazosiga joylashtirish paytida, ularning karkasning oʻtkir qirrali chetlari yoki gipskarton qoplamalarni mahkamlayotganda burama mixlar bilan shikastlanishini bartaraf etish lozim (GKQ).