Komplekt tizim tarkibi - m² uchun soni:
* Miqdor xona perimetriga mos.
** Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.
( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.
[ ] Kvadrat qavslardagi qiymatlar juft profillardan yasalgan karkaslar uchun berilgan.
Izoh: P131 (P231) osma shiftlar materiallarining sarfi 2,5х10=25 m² yuza hisob-kitobiga asosan keltirilgan; GQP qalinligi 12,5 mm (GTQ = 10,0 mm) boʻlganda bichishga, xonaning Т-, L-simon kesmalarini shakllantirishga ketadigan sarflarni hisob olmaganda.
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF P 131 (P 231 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda yuk koʻtaruvchi osma tayanchga mahkamlanmaydigan oʻz yukni koʻtaruvchi osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Shiftning asosiy qurilish elementlari:
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: osma shiftning asosiy profillari xonani ajratuvchi konstruksiyalarning uzun tomoniga mahkamlanadi. P 131 (P 231) osma shiftning asosiy profillari KNAUF pardevor tizimlarining PY-profillari hisoblanadi.
Osma shiftning yuk koʻtatuvchi profillari asosiy profillarga qoʻyilib, LB burama mixlari bilan birlashtiriladi va ularga gipskarton KNAUF-qoplama (KNAUF-superqoplama) mahkamlanadi.
P 131 (P 231) osma shiftning yuk koʻtaruvchi profillari KNAUF pardevor tizimlarining PU-profillari hisoblanadi.
Bitta yuk koʻtaruvchi profil sifatida bitta Pu-profil yoki oʻzaro devorlar orasida LB burama mixi bilan maksimal 750 mm masofadan juftlangan ikkita PU-profil boʻlishi ham mumkin.
Issiqlik va tovush izolyatsiyasini kuchayitirish uchun karkas boʻshligʻiga oʻtda yonmas mineral plitalar joylashtirilishi mumkin.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
P 131 (P 231) komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Har xil turdagi binolarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Montaj jarayoni quyidagi ish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi.
Elektr simlarini pardevor karkasi boʻshligʻida tortishda vaqtida gipskarton KNAUF-qoplamalar mahkamlanayotganda ular karkas elementlarining oʻtkir qirralari yoki burama mixlar bilan shikastlanmasligi kerak.
P 131 (P 231) osma shiftlarini boʻyash ishlarini suv-dispersli boʻyoqlar bilan bajarish tavsiya etiladi. Ohakli boʻyoqlar yoki suyuq shisha asosidagi boʻyoqlarni qoʻllash mumkin emas.