• Mahsulotlar va tizimlar
  • Bo'limlar
  • Yuklab olish markazi
Knauf - Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-A
Knauf - Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-A

Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mm

KNAUF-qoplama 9,5 mm li yengil gipsli qurilish plitasi (GQP-A)
  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Yuqori egiluvchanlik. Murakkab dekorativ yechimlar va egri chiziqli sirtlarni osonlikcha yaratish.
  • GQP-A ni qo`llash "ho`l protsesslardan" qutulish va ta'mirlash-pardozlash ishlari vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Qo'llash sohasi
Ichki devorShift
Knauf - KNAUF-qoplama GQP-A
Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mmKNAUF-qoplama 9,5 mm li yengil gipsli qurilish plitasi (GQP-A)

Tavsif & Tafsilotlar

GQP-A 9,5 mm li KNAUF-qoplamalardan, asosan, TN turdagi burama mix bilan yupqa devorli ruxlangan metall karkasga mahkamlanadigan yengil dekorativ elementlarda foydalaniladi. Shuningdek, yuk ko`taruvchi beton va gʻishtli devorlarni KNAUF-qoplama bilan karkassiz devor yuzasini qoplashda KNAUF-Perlfiks yoki KNAUF-Fugen bilan yopishtirish qoʻl keladi. Montajdan keyin qoplamada choksiz yuza chiqarish KNAUF Kurt tasmasi yoki perforatsiyalangan qogʻoz tasma bilan choklarni oʻzaklab, KNAUF Fugen shpaklyovkasi yoki KNAUF Uniflot shpaklyovkasi bilan qoplama choklarini yamash orqali taʼminlanadi.

KNAUF-qoplamalarning tuzilishi quruq holatida (katta radius) yoki oldindan namlab olib va shablonda quritib (kichik radius) bukish orqali egri chiziqli yuzalar chiqarish imkonini beradi.

Metall profillardan ishlangan karkasdan shift, berkitma va pardevorlar qurishda 12,5 mm dan yupqa boʻlmagan plitalardan foydalaniladi.

Karton rangi: kulrang.

  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Yuqori egiluvchanlik. Murakkab dekorativ yechimlar va egri chiziqli sirtlarni osonlikcha yaratish.
  • GQP-A ni qo`llash "ho`l protsesslardan" qutulish va ta'mirlash-pardozlash ishlari vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
  • Inson uchun xonada qulay mikroiqlim.

9,5 mm li KNAUF-qoplama yengil dekorativ elementlar yaratishda qoʻllaniladi. Metall profillardan tayyorlangan karkasdan shift, devorni qoplash va pardevorlar qurishda 12,5 mm dan yupqa boʻlmagan plitalardan foydalaniladi.

Shuningdek, yuk ko`taruvchi beton va gʻishtli devorlarni KNAUF-qoplama bilan karkassiz devor yuzasini qoplashda KNAUF-Perlfiks yoki KNAUF-Fugen bilan yopishtirish qoʻl keladi.

Tavsiyalar: 1. Montajni pardoz ishlarini bajarish davridan (qishda isitish tizimi ishlagan vaqtda) to toza pol oʻrnatilgungacha barcha nam ishlar bitib, elektrotexnik va santexnik liniyalar oʻtkazilganda, KMK 2.01.04-2018 “Qurilish issiqlik texnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimida bajarish kerak; 2. Shu bilan birga xonadagi harorat 10°С dan past boʻlmasligi lozim; 3. KNAUF-qoplamalar (GQP-A) montajdan oldin binoda zaruriy akklimatizatsiyadan (moslashish) oʻtishi kerak; 4. KNAUF-qoplamalarning (GQP-A) koʻndalang qirralari toʻgʻri burchakli boʻlib, chok chiqarganda faska olish kerak (taxminan, qoplama qalinligining uchdan biricha).

Standart oʻlchamlar: 2500х1200х9,5 mm.

2500х1200х9,5 mm oʻlchamli (3 kv.m) standart KNAUF-qoplama (GQP-A) vazni: ~ 19 kg. Vazni 1 m2 ~ 6,3 kg.

Materialning yongʻin xavfsizligi sinfi: КМ1 (Г1, B2, Д1, Т1).

Bukkanda sindiruvchi yuklanish (9,5 mm lik qoplamalar uchun): koʻndalang ≥ 160 N, boʻylama ≥ 400 N.

Qadoq: paket, 67 qoplama (201 m2).

Hujjatlar

Xavfsizlik pasporti
Xavfsizlik pasporti GQP-A.PDF / - / 450.00 KB / 10 sahifa

Sertifikatlar

Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 1.59 MB / 1 sahifa
Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 1.36 MB / 1 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 260.00 KB / 2 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 250.00 KB / 2 sahifa
ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 1.04 MB / 16 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 2.43 MB / 8 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Buxoro - gruntovkalar, GQP, profillar).PDF / - / 1.44 MB / 5 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Buxoro).PDF / - / 1.60 MB / 4 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Farg‘ona).PDF / - / 990.00 KB / 2 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Farg‘ona - gips qorishmalari, GQP).PDF / - / 610.00 KB / 2 sahifa

Mahsulot variantlari va qadoqlash

Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mm

Materialdyq sanKengligiUzunligiQalinligiOg'irligiHar bir pallada bo'laklar
00319189
1 200 mm
2 500 mm
9,5 mm
20,662 kg
67 pc/pal
Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 9,5 mm | Knauf