KNAUF-Akvapanel yuqori suvga chidamlilik, agressiv muhitlarga yuqori qarshilik, yuqori sovuqqa chidamlilik, yuqori mustahkamlik xususiyatlariga ega va ekologik toza material hisoblanadi.
KNAUF-Akvapanelni qo‘llash og'ir mehnat talab qiladigan ishlov berish jarayonlarini istisno qiladi. Maxsus asboblarni talab etmaydi, montaj tezligi yuqori va qurilish ishlarining tannarxini kamaytiradi.
Maxsulotning rangi: kulrang
KNAUF-AKVAPANEL® sement plitai karkas-qoplama devorlarini qoplash uchun qo‘llaniladi, shuningdek, keramik qoplamalar va boshqa tashqi pardozlash turlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi: bo‘yash, klinker va keramik plitkalar, dekorativ qoplamalarning turlari, yupqa qatlamli suvoqli issiqlik izolyatsiya tizimlari uchun asos, fasadlarni ta’mirlash va tiklash, havo bo‘shlig‘iga ega osma fasad tizimlari, xonalararo to‘siqlar va nam xonalarda osma shiftlar o‘rnatish, devorlarni qoplash hamda konstruksiyalarni yong‘indan himoya qilish uchun ishlatiladi.
KNAUF-AKVAPANEL® sement plitalarini qo‘llash "ho‘l" jarayonlarni istisno qilish va ta’mirlash-pardozlash ishlarining muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.
KNAUF-AKVAPANEL® sement plitasi karkas-qoplama konstruksiyalarida — nam va xo‘l ish rejimidagi xonalarda to‘siqlar va devor qoplamalarida qo‘llaniladi. Material har qanday turdagi pardozlash uchun asos hisoblanadi: plitka, dekorativ suvoq, oboy, bo‘yash va dekorativ materiallar bilan qoplash
KNAUF-AKVAPANEL® quyidagi joylarda ishlatiladi: xususiy va jamoat sektoridagi basseynlar atrofi; oshxonalar va kundalik xo'l tozalash ishlari olib boriladigan hududlar; hammom va dush xonalari; avtomobillar yuvish shoxobchalari; kirxonalar; garajlar, yerto‘lalar va boshqa isitilmaydigan xonalar. KNAUF-AKVAPANEL®, shuningdek, baland devorli va tashrif buyuruvchilar soni ko‘p bo‘lgan xonalarda ham qo‘llaniladi. Bunday xonalarga quyidagilar kiradi: ta’lim muassasalari; xoll va yo‘laklar; transport binolari; jamoat binolari — savdo markazlari, ofislar, muzeylar va b.
KNAUF-AKVAPANEL® tashqi karkas-qoplama devorlari va ventilyatsiyalanadigan fasad konstruksiyalarida qoplama sifatida ishlatiladi. KNAUF-AKVAPANEL® sement plitasi binolarning tashqi devorlarini qurishda quyidagi konstruksiyalarda qo‘llaniladi: karkas-panel yog‘och uy qurilishida; po‘lat karkasli binolarda; monolit-karkasli uy qurilishida; osma ventilyatsiyalanadigan fasadlarda. Material, shuningdek, fasadlarni ta’mirlash va tiklash ishlarida ham qo‘llaniladi.
KNAUF-AKVAPANEL®, shuningdek, baland devorli va tashrif buyuruvchilar soni ko‘p bo‘lgan xonalarda ham qo‘llaniladi. Bunday xonalarga quyidagilar kiradi: ta’lim muassasalari; xoll va yo‘laklar; transport binolari; jamoat binolari — savdo markazlari, ofislar, muzeylar va b.
KNAUF-Akvapanel og'irligi 2400x1200x12,5 mm, (2,88 m²): ~ 46 kg. 1 m² ning massasi ~ 16 kg.
Materialning yong‘in xavfsizligi guruhi: NG (yonmaydigan).
Bukilganda sinish yuki (12,5 mm plitalar uchun): ko‘ndalang ≥ 800N, bo‘ylama ≥ 1000N.
Qadoqlash: paket, 30 ta plita (86,4 m²).