[UZ-GY] FAQ

FAQ

Bo'lim bo'yicha savollar Qoplama materiallar

Gipskarton plitalari keramika va chinni tosh plitalarini terishda qoʻl keladi. Plitkalarning umumiy ogʻirligi yelim tarkib bilan birgalikda har bir tomon uchun 25 kg/m2 gacha, jami 50 kg/m2. Keramika plitkalarini ikki qavatli gipskarton qoplamalarga terish eng afzalidir, bunda 0,6 mm KNAUF profillardan boʻlgan ustunlarning oraligʻi 400 mm dan kam boʻlishi kerak.

KNAUF Akvapanel sement plitalari yoki namga chidamli KNAUF-qoplamalarni ishlatishni va gidroizolyatsiya surtishni tavsiya qilamiz. Dush suvi poldan oqib ketadigan nam xonalarda KNAUF Akvapanel sement plitalarini qoʻllash tavsiya etiladi.

Profil tanlashda profil metallining haqiqiy qalinligiga eʼtibor qaratish muhimdir. Pardevorlar, shiftlar va berkitmalar karkasi uchun profillar qalinligi 0,6 mm boʻlishi kerak.

KNAUF kompaniyasi GQP va GKQ profillar uchun quyidagi oʻlchamli profillarni taklif qiladi:

  • qalinligi 0,6 mm boʻlgan ustun profil (PU): kesimi 50х50, 75х50, 100х50 mm; uzunligi 3000, 3500, 4000 (buyurtma asosida 6000 gacha) mm;
  • qalinligi 0,6 mm boʻlgan yoʻnaltiruvchi profil (PY): kesimi 50х40, 74х40, 100х40 mm; uzunligi 3000 (buyurtma asosida 6000 gacha) mm;
  • qalinligi 0,6 mm boʻlgan shift profili (PSh): kesimi 60х27; uzunligi 3000 m;
  • qalinligi 0,6 mm boʻlgan shift yoʻnaltiruvchi profili (PY): kesimi 28х27; uzunligi 3000 m;

Shuningdek:

  • qalinligi 2,0 mm boʻlgan kuchaytirilgan UA profil: kesimi 50х40, 74х40, 100х40 mm; uzunligi 3000, 4000 (buyurtma asosida 6000 gacha) mm;
  • qalinligi 0,6 mm boʻlgan MW profil: kesimi 75х50, 100х50 mm; uzunligi 3000, 4000 (buyurtma asosida 6000 gacha) mm;
  • burchakni himoyalovchi profil (BH): kesimi 25х25 mm, 31х31 mm; uzunligi 3000 mm;
  • LED (Z) profil: oʻlchami 15х50 mm; uzunligi 3000 mm; metall qalinligi 0,7 mm;
  • LED (P) profil: oʻlchami 15х50 mm; uzunligi 3000 mm; metall qalinligi 0,7 mm;
  • KNAUF profil Sinus: oʻlchami 50х40х1900, 75х40х1900, 100х40х1900; metall qalinligi 0,6 mm.

Hammomda harorat va namlikning barqaror yuqori darajasi gipskarton qoʻllash imkonini bermaydi. Shu bilan birga GKQO dan foydalanishning harorat koʻrsatkichi 45 gradusgacha boʻlishi lozim, oʻz-oʻzidan, u pechka yaqinida boʻlishi nojoizdir. Bunday holatlarda Akvapanel sement plitalaridan va issiqqa chidamli plitka yelimidan foydalanish tavsiya etiladi.

KNAUF qoplamalarining oʻrtacha vazni:

  • 2500х1200х12,5 gabaritli oddiy / namga chidamli KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2) – 25 kg;
  • 2500х1200х12,5 mm gabaritli olovbardoshli KNAUF-qoplama (GQP-DF) – 30 kg;
  • 2500х1200х12,5 mm gabaritli Sapfir KNAUF-qoplamasi (GQP-DFH3IR) – 37,5 kg;
  • 2500х1200х9,5 gabaritli oddiy / namga chidamli KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2) – 20 kg;

Zichligi va mustahkamligi oshirilganligi sababli Sapfir KNAUF-qoplamalariga TN gipskarton uchun moʻljallangan standart boltlarning qalpogʻini kiritishning iloji yoʻq. Teskari rezba ochilgan XTN turidagi vintlar buraganda qoplamadagi teshikni kengaytiradi va qalpogʻigacha kiritish imkonini berib, qoplamani karkas profiliga chippa yopishtiradi.

Ish chizmalari albomi boʻlimida keltirilgan «Gipsli plitalardan (KNAUF-qoplamalar) qismlab yigʻiladigan osma shift konstruksiyalari» hujjati qoidalaridan kelib chiqilsa, GQP plitaning maqbul qalinligi - 12,5 mm. gipskartondan tayyorlangan 9,5 mm qalinlikdagi plitalar keyinchalik osilib qolish ehtimoli sababli qoʻllash tavsiya etilmaydi. Koʻrsatilgan hujjatda batafsil tavsiyalar, konstruktiv yechimlar, shuningdek, bu parametrdagi qoplamalarning hisob-kitoblarini topasiz.

Ishlab chiqaruvchi KNAUF qoplamalarni quruq va usti yopiq binoda, oʻlchami va turlariga qarab ajratib, maxsus transport paketlarida, oraligʻi kamida 0,5 m boʻlgan taglik yoki qistirmalar ustida gorizontal holda saqlashni koʻzda tutadi. Isteʼmolchi mahsulotni shtabelda saqlashda transport paketlarini bir-biriga oʻrnatishi mumkin, bunda shtabelning umumiy balandligi 3,5 m dan oshib ketmaydi. Obyektda ham gipskartonni quruq va yopiq binoda taglik ustida gorizontal holatda saqlash kerak.

KNAUF Sapfir qoplamasi noyob xususiyatga ega yuqori sifatli gipskarton mahsuloti boʻlib, Yevropa standartlariga mos innovatsion davlat standarti joriy etilishi hisobiga KNAUF kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish imkoni yaratildi.

GOST 32614-2012 ga muvofiq Sapfir qoplamalari DFH3IR turdagi GQP kategoriyasiga kiradi. Turli xususiyatlarning muvaffaqiyatli uygʻunlashuvi Sapfir KNAUF qoplamasining standart gipskartondan bosh farqidir. Koʻrsatilgan qoplamalar tovush izolyatsiyasi, namga chidamliligi yuqoriligi, mustahkamlikning oshirilgan koʻrsatkichlari, zarbga bardoshliligi va zichligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda KNAUF firmasi GOST 6266-97 oʻrniga Yevropa standartlariga javob beruvchi GOST 3261-2012 boʻyicha gipskartondan qoplamalar ishlab chiqarmoqda. Belgilangan meʼyorlarga muvofiq KNAUF ning barcha qoplama mahsulotlariga GQP (gipsli qurilish plitalari) belgisi tushiriladi. Yangi standartlarga muvofiq GOST 6266-97 boʻyicha plitalarni belgilash: GKQ (oddiy) – GQP A; GKQN (namga chidamli) – GQP H2; GKQO (olovga chidamli) – GQP DF; GKQNO (nam va olovga chidamli) – GQP DFH2.

Bo'lim bo'yicha savollar Quruq qorishmalari va tayyor tarkiblar

Agar devorlar tekis boʻlsa, ularni suvoq qilishga hojat yoʻq. Plitkani bevosita devorga tersa boʻladi.

Agar vannaxonadagi beton devorlarni tekislash zarurati boʻlsa, KNAUF-Rotband suvogʻi maqsadga muvofiqdir, shu bilan birga plitka vazni 25 kg/m2 boʻlganda suvoqning minimal qalinligi 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak. Suvoq qatlami to'liq quriganidan so'ng, yuzaga KNAUF Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan ishlov bering. 20х120 sm oʻlchamli keramogranit terishda KNAUF-Fleks ishlatish tavsiya etiladi.

Ha, ammo suvashga asos KNAUF tavsiyalariga muvofiq tayyorlangan boʻlishi kerak. Dekorativ suvoqdan oldin KNAUF-Tifengrund gruntovkasidan foydalanish kerak.

Donadorligi 1 mm dan yirikroq dekorativ suvoqlar uchun kengligi kamida 400 mm boʻlgan gipskarton choklarini keng shpaklyovkalashni koʻzda tutuvchi Q2 kategoriyasi yetarlidir.

Donadorligi 1 mm dan kichik dekorativ suvoq uchun Q3 (yoki yuqoriroq) kategoriyali yuza sifati talab qilinib, bunda yuza KNAUF-Satengips yoki KNAUF-Fugen aralashmalari bilan yalpi shpaklyovkalanadi.

Dekorativ suvoq (boʻyoq yoki gulqogʻoz) tortishdan oldin shpaklyovkalangan yuzani KNAUF-Tifengrund bilan gruntovkalab qurigunicha kutish kerak.

Gipsli suvoq qoʻllasa boʻladi, ammo suv tegadigan joylarni plitka terish yoki gidroizolyatsiyalash orqali qoʻshimcha himoyalash kerak. Dush suvi poldan oqib ketadigan nam xonalarda sement materialini qoʻllash tavsiya etiladi.

Gipsli suvoqqa KNAUF-Rotband surtish mumkin. Surtish jarayonida eski suvoq asosda yaxshi turganligiga ishonch hosil qilishni unutmang. Shunchaki, unga chertib koʻrib orasida boʻshliq yoki koʻchish yoʻqligiga ishonch hosil qilish yetarli. Agar shunday kamchilik aniqlansa, koʻchirib tashlab asos va eski suvoqni KNAUF-Multigrund bilan gruntovkalash tavsiya etiladi.

KNAUF gruntovka aralashmalari sarfi:

  • KNAUF-Tifengrund – 0,1 kg/m2;
  • KNAUF-Multigrund – 0,2 kg/m2;
  • KNAUF-Betokontakt – 0,23 kg/m2;
  • KNAUF-Dekorgrund – 0,2 kg/m2.

KNAUF gruntovkalarini saqlash muddati:

  • KNAUF-Tifengrund – 12 oy;
  • KNAUF-Multigrund – 12 oy;
  • KNAUF-Betokontakt – 18 oy;
  • KNAUF-Dekorgrund – 12 oy.

KNAUF gruntovkalarini qurish muddati:

  • KNAUF-Tifengrund – 3 soat;
  • KNAUF-Multigrund – 6 soat;
  • KNAUF-Betokontakt – 12 soat;
  • KNAUF-Dekorgrund – 24 soat.

Gruntovkani namlikni yutish darajasi normal yoki notekis boʻlgan asos - gips va sement suvoq, toʻshama, Gipskarton qoplamasini KNAUF-Tifengrund bilan gruntovkalash tavsiya etiladi. Kuchli yutuvchi asosga hammasidan yaxshiroq KNAUF-Multigrund gruntovka aralashmasi bilan ishlov beriladi.

Oʻzaklovchi tasma SQP va penopolistirol asosni, shuningdek, choklar, shtrob va boshqa turdagi materiallarni (gʻisht, sement, beton v.b.) suvashda ishlatiladi.

Oʻzaklash uchun kataklari 5x5 mm boʻlgan toʻrni yangi suvoq qatlamiga bosish yetarlidir. Toʻr butun SQP yuzasini ortigʻi bilan yopishini, perimetr boʻyicha kamida 15-20 sm kattaroq boʻlishini hisobga olish kerak.

Turli materiallarning shtrobi va choklarini oʻzaklash kengligi 15-20 sm boʻlgan toʻr polosalar yordamida amalga oshiriladi. Oʻzaklovchi tasma sarfi – 1,2 m2/m2.

Uniflot shpaklyovka aralashmasi, asosan, gipsdan tayyorlangan. Shu bois koʻplab gipsli shpaklyovkalar singari qurish vaqti juda ozdir. Aralashma surtilgandan keyin 30-45 daqiqada quyuqlashishi kuzatiladi. Toʻliq qotishi uchun 5-6 soat kerak boʻladi. Koʻpincha, xonadagi shart-sharoit normaga toʻgʻri kelmaydi, shu sababli kafolatni taʼminlash uchun aralashmani 24 soat qoldirish tavsiya qilinadi.

KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi, asosan, sement-plitali yelimli tarkib va keramika plitka bilan birga qoplamalarda qoʻllaniladi. Gidroizolyatsiya ustidan suvash va shpaklyovka tortish maqsadga muvofiq emas.

KNAUF-Fugen shpaklyovka aralashmasi, asosan, gipsdan tayyorlangan. Shu bois koʻplab gipsli shpaklyovkalar singari qurish vaqti juda qisqadir. Aralashma surtilgandan keyin 30-45 daqiqada quyuqlashishi kuzatiladi. Toʻliq qotishi uchun 5-6 soat kerak boʻladi. Koʻpincha, xonadagi shart-sharoit normaga toʻgʻri kelmaydi, shu sababli kafolatni taʼminlash uchun aralashmani 24 soat qoldirish tavsiya qilinadi.

С611 turidagi berkitma tizimi boʻyicha devor yuzasiga GKQ ni yopishtirish uchun KNAUF-Fugen shpaklyovkasining sarfi 0,8 kg/m2. Choklarni yamash uchun qoʻshimcha 0,3 kg/m2 talab qilinadi.

Gipsli tarkib shpaklyovkaga tez qotish xususiyatini beradi. Tayyorlangan qorishmaning ishga yaroqliligi vaqti бир yarim soatdan oshmaydi, aralashma bir necha soatda toʻla qotadi, ammo bu koʻrsatkich xonadagi harorat va namlikka qarab oʻzgarishi mumkin.

Bir oy gipsli qorishma uchun oʻta uzoq muddatdir. Agar aralashma bunchalik uzoq muddatga qurimasa, bu qorishma tayyorlash va surtish shartlari buzilganini bildiradi. Masalan, shpaklyovka qatlami harorati +10 gradusdan past, isitilmaydigan xonada sovuq asosga surtilgan boʻlsa. Yuqori darajadagi namlik ham qorishmani oxirigacha qurishiga qoʻymaydi. +22 +25 gradusli normal harorat rejimi shpaklyovkaning tez qurishini taʼminlaydi.

KNAUF-Fugen shpaklyovkasi qatlami har xil tusda nurni yutishi bilan ajralib turadi, shunday ekan, uning yuzasidagi toʻq dogʻlar har doim ham qorishma qurimaganligini anglatmaydi. Bunday dogʻlar shpaklyovka qalin surtilgan joylarda uchrashi mumkin.

Kasbiy taʼlim standartlariga muvofiq «suvoqchi» shaklida qoʻllash toʻgʻri boʻladi.

KNAUF-Tifengrund gruntovkasi polimer-akrilli dispersiyalar kategoriyasiga kiradi.

Bo'lim bo'yicha savollar Asboblar va Butlovchi qismlar

Teshgich karkas KNAUF profillarini oʻrnatish paytida oʻzaro qotirib qoʻyish maqsadida qoʻllaniladi.

Teshgich yordamida profillar rafi teshib biriktiriladi. Bu xil teshganda elementlarni yopishtirish uchun teshik cheti teshgich bilan oʻzi bukiladi (teshib bukish texnologiyasi).

Teshgich yordamida gipskartondan pardevor va qoplamalar uchun metall karkas oʻrnatish ishlarini anchagina tezlatish mumkin.

KNAUF-profillar va qalinligi 0,7 mm gacha metalldan yasalgan boshqa mahsulotlarni kesish uchun dastasi plastikdan ishlangan metallbop universal qaychilar ishlatiladi.

Bo'lim bo'yicha savollar Issiqlik va ovoz yalıtımı

KNAUF-Akustik firma plitalari tovush izolyatsiyasi uchun ishlatilmaydi. Mahsulotni osma shift va devorlarda xonaning akustik xususiyatlarini oshirish maqsadida tovush yutuvchi berkitma material sifatida ishlatish tavsiya etiladi.

Agar gap Insulation AkustiKnauf mineral vatasi haqida boʻlsa, unda tovush yutish masalasiga kompleks yondashish lozim. Pardevor, shift yoki berkitmalarda mineral vatadan foydalanish konstruksiyaning umumiy tovushdan himoya xususiyatini yaxshilaydi. KNAUF pardevorlari Insulation, shuningdek,

AkustiKnauf mineral vatalari bilan laboratoriya sinovlaridan oʻtgan. tovush oʻtkazmaydigan qoplama uchun Sapfir KNAUF-qoplamalaridan (GQP DFH3IR) foydalanishni tavsiya qilamiz. Qoplamalar zichligi yuqoriligi tufayli tovushni yaxshi izolyatsiyalaydi hamda AkustiKnauf mineral vatasi bilan birga tovush oʻtkazmaydigan konstruksiyalarda qoʻllaniladi.

Mineral vata KNAUF pardevor va berkitma tizimlarida qoʻshimcha issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, yonishdan ham himoya qiladi. U devor va qoplama material orasiga, shuningdek, ikki qoplama orasiga ham toʻldiriladi.

KNAUF Insulation firmasining Akusti KNAUF kabi tovush izolyatsiyalovchi plitalari kengligi 610 mm ligi bilan ajralib turadi, bu karkas ustunlari orasidagi 600 mm lik standart masofadan kattaroq boʻlib, bu unga elastik siqilishi va qoʻshimcha mahkamlashga ehtijoj yoʻqligi tufayli konstruksiyada mahkam oʻrnashish imkonini beradi.

KNAUF-Akustika plitasining turli chastotalarda tovush yutish koeffitsiyentlarini aniq bilish uchun texnik varaqaga koʻz yugurtirishingiz mumkin.

Bo'lim bo'yicha savollar Berkitmalar

Ikki qavatli qoplamada choklarga ishlov berishning asosiy nozik joyi shundaki, qoplamaning birinchi qavat choklarini, ichki qavatini pardozlashda ikkinchi qavatni montaj qilish oldidan ham shpaklyovkalash zarur.

Shuni hisobga olish kerakki, ichki qavatning choklariga ishlov berishda oʻzaklovchi tasmasiz shpaklyovkalasa boʻladi.

Birinchi qavatning choklarini shpaklyovkalash konstruksiyaning shovqindan va olovdan himoyasini taʼminlash uchun kerak. Tashqi qavat qoplamasining choklari KNAUF standart texnologiyasi asosida tashqi yuzaning talab qilingan sifatidan (Q1-Q4) kelib chiqib KNAUF-Kurt oʻzaklovchi tasmasi, shuningdek, KNAUF-Fugen yoki KNAUF-Uniflot shpaklyovka aralashmasi bilan shpaklyovkalanadi

Koʻpincha, osma unitazlarning zamonaviy tizimini berkitmalar va pardevorlar karkasiga oʻrnatishga moʻljallangan tayyor instalyatsiya bilan komplektda sotib olish mumkin. Boshqa hollarda installyatsiya ostidagi qutining holatini quvur va boshqa texnologik elementlar singari muayyan loyihani ishlab chiqish bosqichida tanlash kerak, ayni damda oʻrovchi teshiklarni koʻzda tutgan holda karkasning qoplama ostida qoladigan qoʻshimcha detallarini montaj qilishni unutmaslik zarur.

70 kg/pog.m atrofidagi santexnikani devorga oʻrnatish KNAUF universal traverslari yordamida amalga oshiriladi. Qoplama quvurga tegadigan joylarga germetik surtiladi. Tizimga doimiy xizmat koʻrsatib turilishi zaruriyati borligi uchun tekshiruv lyuki qoʻyish kerak.

70 dan 150 kg/pog.metrgacha vaznli santexnikani osish universal travers va kuchaytirilgan UA-profillar montaji yordamida amalga oshiriladi.

Konstruksiyangiz 12, mm qalinlikdagi gipskartondan va 0,6 mm qalinlikdagi KNAUF profilidan yasalgan boʻlsa, biriktiruvchi detallarsiz ish bitirsa boʻladi. Bu turdagi konstruksiyalar devorining 1 metri kamida 40 kg yuk koʻtaradi. Televizorni KNAUF-Xartmut dyubeliga mahkamlasa yetarlidir. Biroq siljuvchi mexanizmli kronshteyn qoʻllash tavsiya etilmaydi, chunki u yuklanishni sezilarli oshiradi. Agar siljuvchi kronshteyn oʻrnatiladigan boʻlsa, karkas yasashda asos konstruksiyani kuchaytirish uchun qoʻshimcha yuk koʻtaruvchi tik KNAUF profillar, KNAUF universal traverslari yoki ularning birikmalarini oʻrnatish lozim.

Bir qavatli gipskarton qoplangan hollarda xona balandligi gipskarton balandligidan ortiqroq boʻlsa qoplamaga gorizontal chok tushadi. Qoplama bir qavatli boʻlgan pardevorlarda bunday joylarga KNAUF yoʻnaltiruvchi yoki ustun profili boʻlagidan qoʻshimcha kashak beriladi.

KNAUF yoʻnaltiruvchi profili va ustun profilidan kashak oʻrnatish texnologiyasi farq qilishini hisobga olish lozim. Pardevor karkasiga kashak oʻrnatishning aniq texnologiyasini 1.045.9-2.08 seriyali ish chizmalari albomidan topishingiz mumkin.

Ikki qavatli gipskarton qoplangan hollarda pardevor va berkitmalarga ikki qavat KNAUF qoplamasi oʻrnatishda birinchi qavat chokini ikkinchi qavat qoplamasi bilan berkitish koʻzda tutiladi. Bu holatda kashak berish shart emas.

Bo'lim bo'yicha savollar Pardevorlar

Qachonki, ekspluatatsiya jarayonida toʻsiqlarning egilishi 10 mm dan oshsa, shuningdek, qurilish sharoiti seysmik faol mintaqalarda boʻlganda toʻsiqlarni siljiydigan qilib oʻrnatiladi. Bunday holatda ustun profilning uzunligi xona balandligidan 20 mm pastroq qilinadi, ayni vaqtda qoplamaning yuqori qirrasi orasida tirqish qoldirish kerak boʻladi. Yopiladigan qoplamalar esa shiftga mahkamlangan yoʻnaltiruvchi profillarga oʻrnashtirilmaydi. Siljuvchi birikma yuzaning yorilishiga yoʻl qoʻymasdan, pardevor balandligini 10 mm ga oʻzgartiradi.

Pardevorlar boʻyicha ishchi chizmalar albomi 1.045.9-2.08 seriyasi 41-sahifada yongʻinga bardoshlilik va tovushdan himoyalashni hisobga olib boshqa ulanish turlari ham keltirilgan.

Ha, pardevorlar boʻyicha ishchi chizmalar albomi 1.045.9-2.08 seriyasi 77-sahifasida koʻrsatilgan KNAUF texnologiyalariga rioya qilish sharti bilan.

Yongʻin xavfsizligiga rioya qilish uchun ish loyihasida kerakli yongʻin xavfsizligi sinfiga ega materiallarni (КМ1, КМ2, YONMAS) qoʻllashni koʻzda tutish kerak.

Yongʻinga qarshi va oddiy eshik kesakisini pardevor karkasi bilan bir vaqtda oʻrnatish kerak, shu bilan birga kesakining karkasini kuchaytirish lozim. Kuchaytirish uchun qalinligi 2 mm lik kuchaytirilgan UA profil ishlatish kerak. Kuchaytirilgan UA profilning maqbul oʻlchamini aniqlash jadvalini ish chizmalari albomida topishingiz mumkin.

Eshikka ochilgan teshikda karkasni kuchaytirish uchun taxta ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki yogʻoch tob tashlaganda orasi qiyshayishi va eshikni qisib qolishi mumkin.

Ustunni pastki yoʻnaltiruvchi profilga taqab oʻrnatish lozim, ayni vaqtda yuqorida PY profilning rafi va ustun profil orasida oddiy 10 mm yoki kengaytirilgan 20 mm (seysmik faol hududlardagi qurilishda) tirqish qoldirish kerak.