Knauf - KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR) - KNAUF-qoplama Sapfir
Knauf - KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR) - KNAUF-qoplama Sapfir

KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR)

Oshirilgan Zichlik, namga chidamlilik, mustahkamlik va bikrlikka ega, ochiq alanga taʼsiriga bardoshli gipsli qurilish plitasi (GOST 32614-2012 boʻyicha D, F, Н3, I, R turlari)
  • Buyum yuqori sifatli yuza sirtiga, zarb bardoshlilikka, namlik va olovga chidamlilikka, yuqori mustahkamlik va oshirilgan tovush izolyatsiyasiga ega.
  • O`zining yuqori mustahkamligi va namlikka chidamliligi tufayli shiftlarda osilib qolmaydi.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Hajmiy suv yutuvchanligi ≤25%.
Qo'llash sohasi
Ichki devorShift
Knauf - KNAUF-qoplama Sapfir
KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR)Oshirilgan Zichlik, namga chidamlilik, mustahkamlik va bikrlikka ega, ochiq alanga taʼsiriga bardoshli gipsli qurilish plitasi (GOST 32614-2012 boʻyicha D, F, Н3, I, R turlari)

Tavsif & Tafsilotlar

Sapfir KNAUF-qoplamalar, asosan, yengil pardevor konstruksiyalarida, devorlarni qoplashda, osma shiftlarda hamda qoplamaga yuqori mustahkamlik va bikrlik, tovush oʻtkazmaslik talab qilinadigan boshqa joylarda XTN turdagi burama mix bilan yupqa devorli ruxlangan metall karkasga mahkamlanadigan qoplama sifatida foydalaniladi. Yuk tushadigan beton va gʻishtli devorlarni KNAUF-qoplama bilan karkassiz qoplashda KNAUF-Perlfiks yoki KNAUF-Fugen montaj yelimi bilan yopishtiriladi.

Karton rangi: kulrang-havorang.

  • Buyum yuqori sifatli yuza sirtiga, zarb bardoshlilikka, namlik va olovga chidamlilikka, yuqori mustahkamlik va oshirilgan tovush izolyatsiyasiga ega.
  • O`zining yuqori mustahkamligi va namlikka chidamliligi tufayli shiftlarda osilib qolmaydi.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Hajmiy suv yutuvchanligi ≤25%.
  • Bukkanda sindiruvchi yuklanish (12,5 mm lik qoplamalar uchun): boʻylama ≥ 550 N. O`zagining mustahkamligi ≥ 800N.
  • Materialning yongʻin xavfliligi sinfi: КМ1 (Г1, B1, Д1, Т1).
  • Xona ichida nafaqat ekologik tozalik balki inson uchun qulay mikroiqlim ham ta'minlanadi. Qoplamalar "nafas" olganliklari uchun xonadagi namlikni nazorat qiladilar. Material zaharli tarkibiy qismlardan holi va inson terisi kislotalilik muhitiga teng. Buyum qat'iy dunyo standartlariga muvofiqdir.
  • KNAUF GQP-DFH3IR ni qo`llash pardozlash ishlarida "ho`l protsesslardan" qutulish mumkin. Mehnat unumdorligi oshadi.
  • Bino konstruksiyasilarini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan sarflarning umumiy tejalishiga olib keladi.

Yuqori sifatli yuza, zarbga va namga chidamlilik, tovush oʻtkazmaslik talabiga javob beruvchi pardevorlar, osma shiftlar, bino va inshootlarning devorini qoplash uchun qoʻllanadi. KNAUF-qoplama Sapfir (GQP-DFH3IR) turli-tuman qurilish vazifalarini yechish uchun noyob xususiyatlar kombinatsiyasiga ega: yuqori sifatli pardoz, tovushdan kuchli himoya, zarbga chidamli yuzalar hosil qilish, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning olovbardoshliligini oshirish. QMQ 2.01.04-2018 “Qurilish issiqlik texnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega bino va inshootlarda pardevorlar, osma shiftlar, devorlarni qoplashni qurishda qoʻllaniladi. GKQ larni qoʻllash “nam ishlar”dan xalos qiladi.

Sapfir KNAUF-qoplamalarning tuzilishi quruq holatida (katta radius) yoki oldindan namlab olib va shablonda quritib (kichik radius) bukish orqali egri chiziqli yuzalar chiqarish imkonini beradi.

Montajdan keyin qoplamada choksiz yuza chiqarish KNAUF Kurt tasmasi yoki perforatsiyalangan qogʻoz tasma bilan choklarni oʻzaklab, KNAUF Fugen shpaklyovkasi yoki KNAUF Uniflot shpaklyovkasi bilan qoplama choklarini yamash orqali taʼminlanadi.

Sapfir KNAUF-qoplamalarning yuzasi har xil dekorativ pardozlar - boʻyoq, gulqogʻoz, manzarali plitkalar uchun mustahkam tekis zamin boʻlib xizmat qiladi.

Qoplamalar montajini nam ishlar tugaganda yopiq binoda xonadagi harorat +10 °С dan past boʻlmaganda va nisbiy namlik 60 % dan oshmaganda boshlash kerak.

Oʻlchamlari: 2500х1200х12,5 mm.

2500х1200х12,5 mm oʻlchamli (3 kv.m) KNAUF-Sapfir (GQP-DFH3IR) vazni: ~ 36 kg. Vazni 1 m2 ~ 12 kg. Zichligi: ~ 1000±50 kg/m3.

Qadoq: paket, 38 qoplama (114 m2).

Hujjatlar

Mahsulot pasporti
Knauf-Sapfir axborot varaqasi.PDF / - / 270.00 KB / 2 sahifa
Xavfsizlik pasporti
Xavfsizlik pasporti Knauf Saphir (DFH3IR).PDF / - / 450.00 KB / 10 sahifa

Sertifikatlar

Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 1.59 MB / 1 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 260.00 KB / 2 sahifa
ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 1.04 MB / 16 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 2.43 MB / 8 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Buxoro - gruntovkalar, GQP, profillar).PDF / - / 1.44 MB / 5 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Buxoro).PDF / - / 1.60 MB / 4 sahifa

Mahsulot variantlari va qadoqlash

KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR)

Materialdyq sanKengligiUzunligiQalinligiOg'irligiHar bir pallada bo'laklar
00593352
1 200 mm
2 500 mm
12,5 mm
37,5 kg
38 pc/pal
KNAUF-qoplama Sapfir (DFH3IR) | Knauf