KNAUF-Rotband - polimer qoʻshimchali gipsli biriktiruvchi asosga ega quruq aralashma.
Namligi normal boʻlgan bino, shuningdek, vannaxona va oshxonalar (Namlanishdan himoya qiladigan qoplama bilan.) ichidagi devor va shiftlarni qoʻlda yuqori sifatli qilib suvash uchun moʻljallangan.
Odatiy qattiq asosga surtiladi: terilgan gʻisht (keramika, silikat, gʻovak v.b.), beton, gipsli va beton bloklar, eski sementli va gipsli suvoq, gazobeton va penobeton hamda boshqa murakkab asoslar: SQP, GKQ (GQP), sement qirindi plita va bloklari.
Ish texnologiyasiga rioya qilinganda Q3 (К3) yuza sifati kategoriyasiga erishish imkonini beradi.
Gips asosidagi polimer qoʻshimchali universal quruq suvoq aralashmasi, kuchaytirilgan adgeziya va ishning yengil bajarilishini taʼminlaydi. Devor va shiftlarni tekislash uchun moʻljallangan.
Qatlam qalinligi: devor 5-50 mm (joylarda 100 mm gacha), shift 5-15 mm.
Mustahkamligi: siqilishda: 2,0 MPa dan kam emas, bukilishda 1,0 MPa dan kam emas.
10 mm qalinlikdagi qatlamning t=20°С va 60 % havo namligida qurishi: taxminan, 7 sutka.
Keramik berkitma yopishtirish uchun suvoq qatlamining minimal qalinligi: 10 mm. Yelim bilan plitkaning ruxsat etilgan vazni: koʻpi bilan 25 kg/m2.
Fraksiyaning maksimal oʻlchami: 1,25 mm gacha.
Yengil, qotgan holatidagi zichligi: ~ 950 kg/m3. Betonga adgeziya: kamida 0,3 MPa.
Qadoq: 25 kg qogʻoz qopcha.
Saqlash muddati: Shikastlanmagan qadoqda 6 oy.
Gipsli quruq aralashmalar oqdan tortib, kulranggacha va hatto, pushtirang tusda ham boʻladi. Bu gips toshida tabiiy qoʻshimchalar borligidan dalolat beradi. Aralashma rangi uning xususiyatlariga mutlaqo taʼsir koʻrsatmaydi.
KNAUF-Rotband
| Materialdyq san | Og'irligi |
|---|---|
00260511 | 25 kg |