Knauf - Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-A
Knauf - Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-A

Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mm

KNAUF-qoplama - A turidagi gipsli qurilish plitasi (GQP-A) 12,5 mm
  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Dekorativ pardozlash va og`ir buyumlarni mahkamlashda ishonchli asos.
  • GQP-A ni qo`llash "ho`l protsesslardan" qutulish va ta'mirlash-pardozlash ishlari vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Qo'llash sohasi
Ichki devorShift
Knauf - KNAUF-qoplama GQP-A
Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mmKNAUF-qoplama - A turidagi gipsli qurilish plitasi (GQP-A) 12,5 mm

Tavsif & Tafsilotlar

Devorlar yuzasini qoplash, pardevorlar, osma shiftlar qurish, shuningdek, tovush yutuvchi va dekorativ mahsulotlar tayyorlash uchun qurilish-pardoz materiali.

GQP-A KNAUF-qoplamalardan, asosan, TN turdagi burama mix bilan yupqa devorli ruxlangan metall karkasga mahkamlanadigan yengil konstruksiyalar, paredevorlar, devorlar yuzasini qoplash, osma shiftlarda foydalaniladi. Yuk tushadigan beton va gʻishtli devorlarni KNAUF-qoplama bilan karkassiz qoplashda KNAUF-Perlfiks yoki KNAUF-Fugendan foydalaniladi. Montajdan keyin qoplamada choksiz yuza chiqarish KNAUF Kurt tasmasi yoki perforatsiyalangan qogʻoz tasma bilan choklarni oʻzaklab, KNAUF Fugen shpaklyovkasi yoki KNAUF Uniflot shpaklyovkasi bilan qoplama choklarini yamash orqali taʼminlanadi. KNAUF-qoplamalarning yuzasi har xil dekorativ pardozlar - boʻyoq, gulqogʻoz, qoplama plitka va boshqalar uchun mustahkam tekis zamin boʻlib xizmat qiladi.

KNAUF-qoplamalarning tuzilishi quruq holatida (katta radius) yoki oldindan namlab olib va shablonda quritib (kichik radius) bukish orqali egri chiziqli yuzalar chiqarish imkonini beradi.

  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Dekorativ pardozlash va og`ir buyumlarni mahkamlashda ishonchli asos.
  • GQP-A ni qo`llash "ho`l protsesslardan" qutulish va ta'mirlash-pardozlash ishlari vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
  • Oddiy tekis sirtlarni, shuningdek, murakkab arxitekturaviy yechimlar va egri chiziqli sirtlarni yaratish.
  • Inson uchun xonada qulay mikroiqlim.

12,5 mm li KNAUF-qoplama (GQP-A) mehmonxona, yotoqxona, koridor kabi KMK 2.01.04-2018 “Qurilish teplotexnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega bino va inshootlarda pardevorlar, osma shiftlar, devor yuzasini qoplashni qurishda qoʻllanadi.

Montajning asosiy bosqichlari: 1. KNAUF-qoplamalardan (GQP-A) tayyorlangan konstruksiyaning loyihaviy holatini chizish; 2. KNAUF-qoplamalarni (GQP-A) mahkamlash uchun KNAUF-profildan ishlangan karkasni oʻrnatish; 3. KNAUF-qoplamalarni (GQP-A) karkasga oʻrnatish va mahkamlash; 4. KNAUF-qoplamalar (GQP-A) orasidagi choklarni va vintlar chuqurchasini KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan yamash; 5. Pardozlashdan oldin yuzani gruntovkalash.

Tavsiyalar: 1. Montaj ishlarini pardoz ishlarini bajarish davrida (qishda isitish tizimi ishlagan vaqtda) toza pol oʻrnatilgungacha barcha nam ishlar bitib, elektrotexnik va santexnik liniyalar oʻtkazilganda, KMK 2.01.04-2018 “Qurilish teplotexnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimida bajarish kerak; 2. Shu bilan birga xonadagi harorat 10°С dan past boʻlmasligi lozim; 3. KNAUF-qoplamalar (GQP-A) montajdan oldin binoda zaruriy akklimatizatsiyadan (moslashish) oʻtishi kerak; 4. KNAUF-qoplamalarning (GQP-A) koʻndalang qirralari toʻgʻri burchakli boʻlib, chok chiqarganda faska olish kerak (taxminan, qoplama qalinligining uchdan biricha).

Standart oʻlchamlar: 2500х1200х12,5 mm.

2500х1200х12,5 mm oʻlchamli (3 kv.m) standart KNAUF-qoplama (GQP-A) og`irligi: ~ 25 kg. 1 m2 og`irligi ~ 8,3 kg.

Materialning yongʻin xavfsizligi sinfi: КМ1 (Г1, B1, Д1, Т1).

Bukkanda sindiruvchi yuklanish (12,5 mm lik qoplamalar uchun): koʻndalang ≥ 210 N, boʻylama ≥ 550 N.

Qadoq: paket, 50 qoplama (150 m2).

Karton rangi: kulrang.

Hujjatlar

Xavfsizlik pasporti
Xavfsizlik pasporti GQP-A.PDF / - / 450.00 KB / 10 sahifa

Sertifikatlar

Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 1.59 MB / 1 sahifa
Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 1.36 MB / 1 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 260.00 KB / 2 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 250.00 KB / 2 sahifa
ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 1.04 MB / 16 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 2.43 MB / 8 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Buxoro - gruntovkalar, GQP, profillar).PDF / - / 1.44 MB / 5 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Buxoro).PDF / - / 1.60 MB / 4 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Farg‘ona).PDF / - / 990.00 KB / 2 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Farg‘ona - gips qorishmalari, GQP).PDF / - / 610.00 KB / 2 sahifa

Mahsulot variantlari va qadoqlash

Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mm

Materialdyq sanKengligiUzunligiQalinligiOg'irligiHar bir pallada bo'laklar
00595193
1 200 mm
2 500 mm
12,5 mm
26,4 kg
50 pc/pal
00597152
1 200 mm
3 000 mm
12,5 mm
27,5 kg
50 pc/pal
Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ) 12,5 mm | Knauf