KNAUF-Fireboard yonmaydigan (yonmas) qurilish plitasi turli qavat va sigʻimdagi har xil vazifalarga ega evakuatsiya yoʻllari va zallardagi pardevorlar, devor berkitmalari va osma shiftlarning karkas-qoplama konstruksiyalarida hamda yonʻgin xavfsizligi talabiga koʻra yongʻin xavfsizligi sinfi КМ0 boʻlgan yonmaydigan material (yonmas) ishlatish koʻzda tutilgan qurilish konstruksiyalarida olovbardoshli berkitma material sifatida qoʻllanadi.
KNAUF-Fireboard texnik binolarni, ayniqsa, qozonxona, ustaxona, garaj, moʻri singari olov chiqish ehtimoli katta boʻlgan joylarni pardozlashda maqbul variantdir. Bu materialdan ishlangan devor boshqa xonalarga olov tarqalishi oldini oladi va olov tashqariga chiqishiga yoʻl qoʻymaydi.
Yevropada KNAUF-Fireboard koʻp yillardan beri qoʻllanib keladi. Idora va savdo markazlarining evakuatsiya qilinadigan zaxira yoʻlaklarini pardozlashda undan keng foydalaniladi. Bundan tashqari uni avvaldan tayyor devor konstruksiyasiga mahkamlab yonmaydigan qoʻshimcha berkitma sifatida ham qoʻllasa boʻladi.
KNAUF-Fireboard yonmaydigan plitasi olov oʻtmas gipsli oʻzakdan tarkib topgan boʻlib, koʻndalang qirrasidan tashqari barcha sirtiga yonmaydigan shishaxolst qoplangan.
Sirtining rangi: kulrang. Tamgʻalash rangi: qizil.
Plitalar karkas-qoplamali konstruksiyalarda pardevorlar, devorlarni berkitishda, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) olovga chidamli qoplamasida hamda evakuatsiya yoʻllarida osma shiftlarda va turli vazifaga ega, turli sigʻimli, qavatli zallarda, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talabiga koʻra KM0 yongʻin xavfsizligi sinfiga mansub yonmaydigan qurilish materiallarini ishlatish koʻzda tutilgan boshqa konstruksiyalarda olovbardoshli berkitma material sifatida qoʻllanadi.
Choklarni yamashda mustahkamligi kuchaytirilgan KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi ishlatiladi.
Qirra koʻrinishi: TQ (toʻgʻri qirra).
Vazni 1 m2: ~ 10,5 kg (12,5 mm); ~ 17,0 kg (20,0 mm)
Uzunligi: 2500 mm. Kengligi: 1200 mm. Qalinligi: 12,5, 20 mm.
KNAUF-Fireboard
| Materialdyq san | EAN / GTIN | Kengligi | Uzunligi | Qalinligi | Og'irligi | Har bir pallada bo'laklar |
|---|---|---|---|---|---|---|
00168845 | 4003982212283 | 1 200 mm | 2 500 mm | 12,5 mm | 34,77 kg | 44 pc/pal |