Knauf - KNAUF-MP 75 - 00207344 MP 75 30 kg
Knauf - KNAUF-MP 75 - 00207344 MP 75 30 kg

KNAUF-MP 75

Mashinada surtiladigan KNAUF-MP 75 gipsli suvogʻi
  • Yuqori unumdorlik bilan ishlash – qoʻlda surtish bilan solishtirganda 3-4 marta tezroq
  • KNAUF-MP 75 gipsli suvoq qo‘shimcha shpaklyovkalashga talab qoldirmaydigan silliq yuzani ta’minlaydi
  • 10 mm qalinlikdagi qatlamda past sarf: ~10 kg/m² — bitta qop bilan katta maydonni suvoq qilish imkonini beradi. Yetkazib berish va qavatga ko‘tarib chiqish bo‘yicha mablag‘larni tejaydi
  • Aralashmani ishlov berish qulayligining yuqoriligi, suvoq ishlariga sarflanadigan vaqtni tejashni ta’minlaydi
Qo'llash sohasi
Ichki devorShift
Knauf - 00207344 MP 75 30 kg
KNAUF-MP 75Mashinada surtiladigan KNAUF-MP 75 gipsli suvogʻi

Tavsif & Tafsilotlar

KNAUF-MP 75 - polimer qoʻshimchali gipsli biriktiruvchi asosga ega quruq aralashma.

Namligi normal boʻlgan bino, shuningdek, vannaxona va oshxonalar (namlikdan saqlovchi qoplamali) ichidagi devor va shiftlarni mashina usuli bilan, masalan, PFT suvoq mashinasida yuqori sifatli qilib suvash uchun moʻljallangan: G4, Ritmo M, L, XL.

Mashinada surtish qoʻlda surtish texnologiyasidan va qoʻlda suvalgan suvoqdan koʻra unumdorlikda anchagina ustunlikni taʼminlaydi.

Odatiy qattiq asosga surtiladi: terilgan gʻisht (keramika, silikat, gʻovak v.b.), beton, gipsli va beton bloklar, eski sementli va gipsli suvoqlar, gazobeton va penobeton hamda boshqa murakkab asoslar: SQP, GKQ (GQP), sement qirindi plita va bloklari.

Ish texnologiyasiga rioya qilinganda Q3 (К3) yuza sifatiga erishish imkonini beradi.

  • Yuqori unumdorlik bilan ishlash – qoʻlda surtish bilan solishtirganda 3-4 marta tezroq
  • KNAUF-MP 75 gipsli suvoq qo‘shimcha shpaklyovkalashga talab qoldirmaydigan silliq yuzani ta’minlaydi
  • 10 mm qalinlikdagi qatlamda past sarf: ~10 kg/m² — bitta qop bilan katta maydonni suvoq qilish imkonini beradi. Yetkazib berish va qavatga ko‘tarib chiqish bo‘yicha mablag‘larni tejaydi
  • Aralashmani ishlov berish qulayligining yuqoriligi, suvoq ishlariga sarflanadigan vaqtni tejashni ta’minlaydi
  • Hatto qalin qatlamda ham yorilmaydi. Dastlabki obryzgsiz (sepmasiz), 50 mm gacha bo‘lgan qalinlikdagi suvoq qatlamini bir o‘tishda qo‘llash mumkin. Zarurat bo‘lsa, undan ham qalin qatlamlarni ikki o‘tishda qo‘llash mumkin
  • Materialning universalligi — suvoq va shpaklyovka ishlarini bir vaqtning o‘zida bajarish, dekorativ elementlar tayyorlash, ta’mirlash va restavratsiya ishlari
  • Suvni ushlab turish qobiliyati yuqoriligi — eritma qatlamlarga ajralmaydi va suvsizlanmaydi, hatto g‘ovak, namlikni yaxshi shimadigan asoslarda ham, shuningdek, yuqori haroratda ham
  • Xonadagi namlik darajasini tartibga soladi — yuza "nafas oladi", xonada qulay mikroiqlim yaratadi
  • Material ekologik toza tabiiy mineral — gipsdan tayyorlangan va inson salomatligi uchun zararli moddalarni o‘z ichiga olmaydi

Polimer qoʻchimchali gips asosga ega mashinada surtiladigan yuqori adgeziyali universal quruq suvoq aralashmasi.

Qatlam qalinligi: devor 8-50 mm, shift 8-15 mm.

Mustahkamligi: siqilishda: 2,0 MPa dan kam emas, bukilishda 1,0 MPa dan kam emas.

15-20 mm qalinlikdagi qatlamning t=20°С va 60 % havo namligida qurishi: taxminan, 7 sutka.

Keramik berkitma yopishtirish uchun suvoq qatlamining minimal qalinligi: 10 mm. Yelim bilan plitkaning ruxsat etilgan vazni: koʻpi bilan 25 kg/m2.

Fraksiyaning maksimal oʻlchami: 1,25 mm gacha.

Yengil, qotgan holatidagi zichligi: ~ 1100 kg/m3. Betonga adgeziya: kamida 0,3 MPa.

Qadoq: 25 kg qogʻoz yoki polipropilen qopcha.

Saqlash muddati: Shikastlanmagan qadoqda 6 oy.

Gipsli quruq aralashmalar oqdan tortib, kulranggacha va hatto, pushtirang tusda ham boʻladi. Bu gips toshida tabiiy qoʻshimchalar borligidan dalolat beradi. Aralashma rangi uning xususiyatlariga mutlaqo taʼsir koʻrsatmaydi.

Hujjatlar

Xavfsizlik pasporti
Xavfsizlik pasporti Knauf–MP 75.PDF / - / 400.00 KB / 12 sahifa

Sertifikatlar

Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Buxoro - gips qorishmalari).PDF / - / 1.02 MB / 6 sahifa
Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Farg'ona - gips qorishmalari).PDF / - / 1.41 MB / 1 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Buxoro - gips qorishmalari).PDF / - / 90.00 KB / 2 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Farg'ona- gips qorishmalari).PDF / - / 550.00 KB / 3 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Buxoro - gips qorishmalari).PDF / - / 320.00 KB / 1 sahifa
ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 1.04 MB / 16 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 2.43 MB / 8 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("BUXARAGIPS" QK AJ").PDF / - / 800.00 KB / 8 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Farg‘ona - gips qorishmalari, GQP).PDF / - / 610.00 KB / 2 sahifa

Mahsulot variantlari va qadoqlash

KNAUF-MP 75

Materialdyq sanOg'irligi
00275785
30 kg
KNAUF-MP 75 | Knauf