Knauf - Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-H2
Knauf - Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mm - KNAUF-qoplama GQP-H2

Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mm

Namga chidamli gipsli qurilish plitasi (GOST 32614-2012 boʻyicha H2 turi) (EN 520:2009)
  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Namlik o`zgarishiga chidamli. Hajmiy suv yutuvchanligi ≤10%.
  • Dekorativ pardozlash va og`ir buyumlarni mahkamlashda ishonchli asos.
Qo'llash sohasi
Ichki devorShift
Knauf - KNAUF-qoplama GQP-H2
Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mmNamga chidamli gipsli qurilish plitasi (GOST 32614-2012 boʻyicha H2 turi) (EN 520:2009)

Tavsif & Tafsilotlar

Namga chidamli KNAUF-qoplamalar (GQP-H2) tortma ventilyatsiya ta'minlangan holda, old yuzasini gidroizolyatsiya, suvga chidamli gruntovka, boʻyoq, keramik plita kabilar bilan himoyalash sharti bajarilishi bilan namligi yuqori bino va inshootlardagi yengil xonalararo pardevorlar, osma shiftlar, devorlarni qoplash va olovbardoshli konstruksiyalarni o`rnatishda qo`llaniladi.

Oʻzak materialiga suvyuqmas qoʻshimchalar qoʻshilganligi tufayli mahsulot namlikni kam yutadi.

Karton rangi: yashil.

  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.
  • Yuqori samarador qirra turi: YAYQ - yarim aylanali yupqalashtirilgan qirra.
  • Namlik o`zgarishiga chidamli. Hajmiy suv yutuvchanligi ≤10%.
  • Dekorativ pardozlash va og`ir buyumlarni mahkamlashda ishonchli asos.
  • GQP-H2 ni qo`llash "ho`l protsesslardan" qutulish va ta'mirlash-pardozlash ishlari vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
  • Oddiy tekis sirtlarni, shuningdek, murakkab arxitekturaviy yechimlar va egri chiziqli sirtlarni yaratish.
  • Inson uchun xonada qulay mikroiqlim.

Namga chidamli KNAUF-qoplamaning (GQP-H2) oʻzagida suv yutilishini kamaytiruvchi silikon mavjud. QMQ 2.01.04-2018 «Qurilish issiqlik texnikasi» boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega boʻlgan oshxona, vannaxona va sanuzel singari bino va inshootlarda pardevorlar, osma shiftlar, devorlarni qoplashni qurishda qoʻllaniladi.

Namligi yuqori mintaqalarda quruq va normal namlik rejimidagi inshootlarda namga chidamli KNAUF-qoplamalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Montajning asosiy bosqichlari: 1. Namga chidamli KNAUF-qoplamalardan (GQP-H2) tayyorlangan konstruksiyaning loyihaviy holatini chizish; 2. Namga chidamli KNAUF-qoplamalarni (GQP-H2) mahkamlash uchun KNAUF-profildan karkasni oʻrnatish; 3. Namga chidamli KNAUF-qoplamalarni (GQP-H2) karkasga oʻrnatish va mahkamlash; 4. Namga chidamli KNAUF-qoplamalar (GQP-H2) orasidagi choklarni va vintlardan hosil bo`lgan chuqurchalarni KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan yamash; 5. Pardozlashdan oldin yuzani gruntovkalash.

Tavsiyalar: 1. Montaj ishlarini pardoz ishlarini bajarish davridan (qishda isitish tizimi ishlagan vaqtda) to toza pol oʻrnatilgungacha barcha nam ishlar bitib, elektrotexnik va santexnik liniyalar oʻtkazilganda, QMQ 2.01.04-2018 «Qurilish issiqlik texnikasi» boʻyicha quruq va normal namlik rejimida bajarish kerak; 2. Shu bilan birga binodagi harorat 10°С dan past boʻlmasligi lozim; 3. Namga chidamli KNAUF-qoplamalar (GQP-H2) montajdan oldin binoda zaruriy akklimatizatsiyadan (moslashish) oʻtishi kerak; 4. Namga chidamli KNAUF-qoplamalarning (GQP-H2) koʻndalang qirralari toʻgʻri burchakli boʻlib, chok chiqarganda faska olish kerak (taxminan, qoplama qalinligining uchdan biricha).

Standart oʻlchamlar: 2500х1200х12,5 mm.

2500х1200х12,5 mm oʻlchamli (3 kv.m) namga chidamli KNAUF-qoplama (GQP-H2) vazni: ~ 25 kg. Vazni 1 m2 ~ 8,3 kg.

Materialning yongʻin xavfliligi sinfi: КМ1 (Г1, B1, Д1, Т1).

Bukkanda sindiruvchi yuklanish (12,5 mm lik qoplamalar uchun): koʻndalang ≥ 210 N, boʻylama ≥ 550 N.

Qadoq: paket, 50 qoplama (150 m2).

Hujjatlar

Xavfsizlik pasporti
Xavfsizlik pasporti GQP-H2.PDF / - / 450.00 KB / 10 sahifa

Sertifikatlar

Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 1.59 MB / 1 sahifa
Texnologik jarayonlar ekologik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 1.36 MB / 1 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Buxoro - GQP).PDF / - / 260.00 KB / 2 sahifa
Muvofiqlik sertifikati (Farg'ona - GQP).PDF / - / 250.00 KB / 2 sahifa
ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 1.04 MB / 16 sahifa
O'z DST ISO sifat menedjmenti sertifikati ("KNAUF GIPS BUXARA" XK MChJ").PDF / - / 2.43 MB / 8 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Buxoro - gruntovkalar, GQP, profillar).PDF / - / 1.44 MB / 5 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Buxoro).PDF / - / 1.60 MB / 4 sahifa
Yonuvchanlik va alangalanuvchanlik sinov bayonnomasi (Farg‘ona).PDF / - / 990.00 KB / 2 sahifa
Radiologik tekshiruvlar bayonnomasi (Farg‘ona - gips qorishmalari, GQP).PDF / - / 610.00 KB / 2 sahifa

Mahsulot variantlari va qadoqlash

Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mm

Materialdyq sanKengligiUzunligiQalinligiOg'irligiHar bir pallada bo'laklar
00597138
1 200 mm
2 500 mm
12,5 mm
29,06 kg
50 pc/pal
00597141
1 200 mm
3 000 mm
12,5 mm
35,8 kg
50 pc/pal
Namga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN) 12,5 mm | Knauf