KNAUF-qoplama olovga va namga chidamli qoplamalarning xususiyatlarini oʻzida jamlaydi.
Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplama (GQP-DFH2) KMK 2.01.04-2018 “Qurilish teplotexnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega bino va inshootlarda pardevorlar, osma shiftlar, devor berkitmalari qurishda qoʻllanadi.
Qog'ozning rangi: yashil
Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplama (GQP-DFH2) xonalararo yengil pardevorlar qurish, osma shiftlar, devorlarni berkitish va yonmaydigan konstruksiyalarda qoʻllaniladi.
GQP-DFH2 ni qo'llash "hol" jarayonlarni istisno qilish va ta'mirlash-pardozlash ishlarining muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Material konstruktiv olovdan himoya uchun moʻljallanmagan.
Konstruksiyaning olovbardoshlilik chegarasini oshirish.
Montajning asosiy bosqichlari: 1. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalardan (GQP-DFH2) ishlangan konstruksiyaning loyihaviy holatini chizib olish; 2. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalarni (GQP-DFH2) mahkamlash uchun KNAUF-profildan ishlangan karkasni oʻrnatish; 3. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalarni (GQP-DFH2) montaj qilish va mahkamlash; 4. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalar (GQP-DFH2) orasidagi choklarni va vintlar chuqurchalarini KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan yamash; 5. Pardoz qoplamasidan oldin yuzani gruntovkalash.
Tavsiyalar: 1. Montaj ishlarini pardoz ishlarini bajarish davridan (qishda isitish tizimi ishlagan vaqtda) to toza pol oʻrnatilguncha barcha ""ho'l"" ishlar bitib, elektrotexnik va santexnik liniyalar oʻtkazilganda, KMK 2.01.04-2018 “Qurilish teplotexnikasi” boʻyicha quruq va normal namlik rejimida bajarish kerak; 2. Shu bilan birga binodagi harorat 10°С dan past boʻlmasligi lozim; 3. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalar (GQP-DFH2) montajdan oldin binoda zaruriy akklimatizatsiyadan (moslashish) oʻtishi kerak; 4. Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamalarning (GQP-DFH2) koʻndalang qirralari toʻgʻri burchakli boʻlib, chok chiqarganda faska olish kerak (taxminan,qoplama qalinligining uchdan biricha).
Namga va olovga chidamli KNAUF-qoplamaning og'irligi (GQP-DFH2) 2500х1200х12,5 mm (3 m2): ~ 30,6 kg. 1 м2 og'irligi ~ 10,2 kg.
Materialning yongʻin xavfsizligi sinfi: КМ1 (Г1, B1, Д1, Т1).
Bukilganda sinish yuki(12,5 mm qalinlikdagi qoplama uchun):ko'ndalang ≥ 300 N, bo'ylama ≥750
Qadoqlash: pake, 50 ta plita (150 m2)
Namga chidamli GQP-DFН2 KNAUF-qoplama (GKQNO)
| Materialdyq san | Kengligi | Uzunligi | Qalinligi | Og'irligi | Har bir pallada bo'laklar |
|---|---|---|---|---|---|
00597146 | 1 200 mm | 2 500 mm | 12,5 mm | 32,18 kg | 50 pc/pal |