Knauf - Universal KNAUF-tutashtirgich - 00003442_Соединитель_универсальный (6)
Knauf - Universal KNAUF-tutashtirgich - 00003442_Соединитель_универсальный (10)
Knauf - Universal KNAUF-tutashtirgich - 00003442_Соединитель_универсальный (2)
Knauf - Universal KNAUF-tutashtirgich - 00003442_Соединитель_универсальный (6)

Universal KNAUF-tutashtirgich

Bir sathli shiftlar tizimi uchun universal tutashtirgich
Qo'llash sohasi
Ichki devor
Knauf - 00003442_Соединитель_универсальный (6)
Universal KNAUF-tutashtirgichBir sathli shiftlar tizimi uchun universal tutashtirgich

Tavsif & Tafsilotlar

Ruxlangan poʻlatdan ishlangan universal tutashtirgich shift profillarini bir sathda universal tutashtirish uchun aqlli koʻmakchi hisoblanadi. Uni uzaytirgich oʻrnida, ixtiyoriy burchak ostidagi T-simon yoki xochsimon tutashtirgich oʻrnida va alohida holatlarda, hatto, osmaning bir qismi sifatida ham ishlatsa boʻladi

Universal tutashtirgich ShP 60x27 profillarni bir sathda T-tutashtirgich sifatida tutashtirish uchun, masalan, tekshiruv tomqopqogʻi oʻrnatishda ishlatiladi. U bilan 90° dan farqli boʻlgan nostandart burchaklar chiqarsa ham boʻladi. “Shoshilinch holatlarda yordamchi” sifatida uni ShP profillarni uzaytiruvchi, osmaning bir qismi qilib, masalan, nonius-osmaning yuqori qismiga biriktirib foydalanish mumkin.

"1) T-simon tutashtirish: Universal tutashtirgichning oyoqlarini birinchi ShP profilga toʻla kiriting. Asosni ikkinchi ShP profilga tik joylashtiring va universal tutashtirgich kronshteynini ShP profil tokchasiga qayirib qoʻying. Zarur boʻlganda profillarni kerakli burchakda eging.

2) Boʻylama tutashtirish: Universal ulagich oyoqlarini birinchi ShP profil yarmigacha kiriting. Kronshteyn yordamida universal tutashtirgichning old tomonini ikkinchi ShP profil yarmigacha oʻrnashtiring. Tutqichini pastga bukib qoʻying. Zarur boʻlganda profillarni kerakli burchakda eging.

3) Osma: Universal tutashtirgichning oyoqlarini ShP profilga toʻla kiriting. Nonius osmaning ikki yuqori qismini nonius-tutashtirgich va ikkita nonius-shplint yordamida bir-biriga nisbatan 180° burchak ostida mahkamlang. Nonius osmaning yuqori qismini asos shiftga tegishli mahkamlagich yordamida mahkamlang, pastki qismini universal tutashtirgich kronshteyniga bolt bilan burab qoʻyingю"

Qalinligi: 0,9 mm.

Qadoq: qutida 100 dona.

Mahsulot variantlari va qadoqlash

Universal KNAUF-tutashtirgich

Materialdyq sanEAN / GTINUzunligiKengligiBoʻyigaOg'irligiPaket boshiga bo'laklar
00003442
4003982105110
390 mm
200 mm
125 mm
4,5 kg
100 pc/pac