* Karkas profillari o`lchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda.
Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:
* Rasmda pozitsiya aks etmagan.
** Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.
( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan
[ ] Qavslarda pardevor balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan.
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF S 132 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib va bir qatorli poʻlat karkasda KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tazrda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi.
Pardevorning asosiy qurilish elementlari:
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 132 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Bir qatorli poʻlat karkasda mineral paxta toʻldirilib, bir tomoni ikki qatlam gipskarton qoplamalardan va boshqa tomoni omixta qoplama (tashqi qatlami – KNAUF-Fayerbord, ichki qatlami – gipskarton KNAUF-qoplama) bilan qoplangan pardevor
KNAUF-Fayerbord pardevor, devor qoplamalari, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) yongʻindan himoyalovchi berkitmalarida va evakuatsiya yoʻlkalaridagi osma shiftlarda, har xil maqsad, qavatlilik va sigʻimlilikka ega turli binolarning zal xonalarida, shuningdek yongʻin xavfsizligiga oid talablarga binoan KM0 yongʻin xavfi sinfidagi yonmaydigan qurilish materiallari ishlatiladigan boshqa qurilish inshootlarida karkas-qoplama konstruksiyalarda olovbardosh qoplama materiali sifatida qoʻllanadi. Talab maʼlumotlari jadvalda keltirilgan. 2003-Yilning 22-iyulida qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining N 123-F3-sonli “Yongʻin xavfsizligiga oid talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament” nomli Nizomining 28 va 29-ilovalari.
KNAUF-Fayerbord – bu texnik xonalarni, ayniqsa alangalanish xavfi mavjud joylarni: qozonxona, ustaxona, garaj, dudburon oʻrinlari va boshqalarni pardozlash uchun optimal yechim. Bu materialdan yasalgan devorlar yongʻinni bitta xonada tutish va alangani tashqariga chiqarmaslikka xizmat qiladi.
Yevropa KNAUF-Fayerbord uzoq yillardan buyon ishlatiladi. Uni ofis va savdo markazlaridagi zaxira chiqishlarida, yaʼni evakuatsiya yoʻllari oʻtuvchi joylarda keng qoʻllashadi. Bundan tashqari, uni mavjud devor konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qoʻshimcha yonmas qoplama sifatida ham ishlatish mumkin.