Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:
* Rasmda pozitsiya aks etmagan.
** Ehtiyojga qarab.
( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisobga olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.
KNAUF P 127 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.
Shiftning asosiy qurilish elementlari:
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
P 127 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Shovqinni yaxshi yutadigan va xona ichida tovush toʻlqinlarining aks sado berishini pasaytiradigan pardozlash materiallari va konstruksiyalarni toʻgʻri tanlash xonada akustik qulaylikni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Bu yangrash effektini kamaytirib, aks sadoni bartaraf etish, shu bilan birga nutqning aniqligi va musiqaning idrokini yaxshilash imkonini beradi. Xonaning umumiy ichki maydonida shovqinni yutishga oid yuqori koeffitsiyentga ega yuzalar ulushining ortishi tufayli akustik muhitning optimal sifati taʼminlanadi.
Parmali maxsus KNAUF-Akustika plitalaridan yaxlit osma shift nafaqat akustika masalasini hal qiladi, balki ventilyatsiya tizimlari, elektr simlarini berkitib, meʼmorchilikka doir orzularingizni roʻyobga chiqarishga yordam beradi.
P 127 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni zarur akustik xususiyatlarga ega osma shift barpo etish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.