[UZ-GY] News 01.08.24 - banner

KNAUF bilan Quruvchilar kuni

03.06.2021

KNAUF bilan Quruvchilar kuni: bolalar va kattalar uchun tadbirlar, foto zonalar va san'at hududi.

Toshkentda 8 avgust kuni Central Park bog'ida qurilish sohasi ishchilarining kuni nishonlanadi. Bu kunga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirning diqqatga sazovor qismi tashrif buyuruvchilarni Savitskiy muzeyi uzra olib o’tuvchi 20 metrli tunnel bo'ladi.

Bu yil an'anaviy KNAUF bayrami KNAUF QK21 (KNAUF Quruvchilar Kuni) deb nomlanadi. 8 avgust kuni bayram Toshkentda bo'lib o'tadi va 9-14 avgust kunlari O'zbekiston viloyatlariga ko'chib boradi. Tashkilotchilar shaharliklardan xavfsizlik choralarini (niqob taqish, masofani saqlash) unutmaslikni so'rab qoladilar.

8 avgust kuni soat 18:00 dan 22:00 gacha Central Parkka tashrif buyuruvchilar (Toshkent):

  • Savitskiy muzeyining durdonalari jonlanadigan san'at hududiga tashrif buyuring;
  • shaxsiy sharjlar (hazilomuz suratlar)ga ega boʼling (professional sharjchining koʻzi bilan sizning tasviringiz);
  • bo'yoq to'plari yordamida mavhum rasm chizing (bu juda qiziqarli jarayon!);
  • bolalar mahorat darsida gipsdan qoʻl mehnati buyumlarini yasang (bolalar buni yaxshi ko'radilar);
  • basketbol halqasiga uloqtirishlarning aniqligini tekshiring;
  • katta hajmli boʻyash kitobini boʻyab, dunyoni yorqinroq qiling;
  • KNAUF ijodiy foto zonalarida suratga tushing;
  • esdalik sovg'asiga ega boʻling.

Mashg'ulotlar Central parkning markaziy xiyoboni bo'ylab, asosiy favvora yonida bo'lib o'tadi. KNAUFning barcha tadbirlari bepul.