[UZ-GY] News 01.08.24 - banner

KNAUF GIPS BUXORA MChJ xodimlarini Korxonalar kuni bilan tabriklaymiz!

16.09.2022
[UZ-GY] News 16.09.22

Qadrli hamkasblar!

Sizning mehnatsevarligingiz va tirishqoqligingiz bilan kompaniyamiz 11 yildan buyon izchil ravishda eng yuqori sifatli Knauf plitalarini ishlab chiqarmoqda va bu bilan O'zbekistonimizning iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shmoqda. Bu yil biz birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan Sho'rsuvda yangi ishlab chiqarish obyektini ishga tushirdik, bu bizning bozordagi o'rnimizni yanada mustahkamlashga imkon bermoqda.

Biz sizga muvaffaqiyat sari intilishda aslo to'xtamaslikni, barcha boshlagan ishlaringizda omad hamisha yor bo'lishini, barcha o'ylagan rejalaringiz amalga oshishini, doimo o'sib-rivojlanishni tilaymiz. Ishonchimiz komilki, biz birgalikda yanada yuksak marralarni zabt etamiz va yosh korxonamizning yanada gullab-yashnashiga o'z hissamizni qo'shamiz.

Hurmat bilan,
O'zbekistondagi KNAUF guruhi