[UZ-GY] News 01.08.24 - banner

O‘zbekistonda olovbardoshlilik bo‘yicha KNAUF seminarlari o‘tkazildi

Toshkent shahri, 2025-yil, 11-13-noyabr
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti
Seminary-po-ognestoykosti

KNAUF O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, soha idoralari, shuningdek, yetakchi developerlar va arxitektorlar uchun olovbardoshlilik bo‘yicha bir qator professional seminarlarni o‘tkazdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: amaliy tajriba almashish, olovbardosh tizimlarning amaldagi talablari va seriyali sinov natijalarini muhokama qilish boʻldi. Seminarlarda Germaniya, Latviya va O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatuvchi KNAUF ekspertlari oʻz bilim va tajribalarini oʻrtoqlashishdi. Mazkur tadbirda yong‘in xavfsizligi va qurilish materiallarini sertifikatlash uchun mas’ul davlat tashkilotlari, jumladan FVV, “O‘zTest” va “O‘zstandart” vakillari ham ishtirok etishdi.

Dastur va taqdimotlar:

• Olovbardosh ichki devorlar – ofislar va jamoat binolarida olovni uzoqroq ushlab turadigan va xavfsiz evakuatsiya uchun vaqt qoldiradigan pardevorlar.

• Kommunikatsiyalar muhofazasi - olov va tutun shaxtalar boʻylab tarqalib ketmasligi uchun kabellar va quvurlarni maxsus olovga chidamli qutilar va qoplamalar bilan qoplash usullari.

• Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar muhofazasi – po‘lat ustunlar va to‘sinlarni olovbardosh plitalar bilan qoplash yuqori haroratda binoning mustahkamligini saqlashga qanday yordam beradi.

• Choklar va tirqishlar germetizatsiyasi – olov va tutun xonadan xonaga o‘tmasligi uchun kabellar va quvurlar atrofidagi tirqishlarni to‘g‘ri yopish usullari.

Seminarlar yakuni bo‘yicha muayyan obyektlar uchun tizimlar tanlash bo‘yicha so‘rovlar olindi, keyingi texnik maslahatlashuvlar oʻzaro kelishib olindi.

Mutaxassislarimiz sizning xonangiz uchun yechimlar bo‘yicha tushuntirish berishga doim tayyor. Saytdagi fikr-mulohaza shakli yoki savdo bo‘limi kontaktlari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Kompaniya haqida ma’lumot

KNAUF – 1932-yilda tashkil etilgan xalqaro oilaviy kompaniya, bosh qarorgohi Ipxofen (Germaniya) shahrida. Kompaniya qurilish va ta’mirlash uchun kompleks yechimlarni, jumladan, komplekt tizimlar, gipskarton, suvoqlar, quruq qurilish aralashmalari, shuningdek, fuqaro va sanoat obyektlari uchun maxsus yong‘inga chidamli yechimlarni taklif etadi.